Tumanimizning barcha sektorlarida hududni obodonlashtirish, tozalash, ko’kalamzorlashtirish bo’yicha yig’ilishlar o’tkazildi.
Xususan, tuman hokimi ham mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, hudud ozodaligini saqlashda yoshi kattalar va ayollarning o’rni alohida ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalariga mahalla hududini obodonlashtirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.