Tumanimizning 329-umumta’lim maktabida “Sektor rahbarlari va yoshlar” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammo va takliflarini o'rganish va bo'sh vaqtlaridan mazmunli foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 150 nafar yosh ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan samimiy muloqot davomida yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, ular o’rtasida jinoyatchilikning oldini olish, bunda maktab mas’ullari, psixologlar bilan izchil ishlash, yoshlar bilan uchrashuvlarni muntazam tashkil etish bo’yicha so’z yuritildi.
Tadbir davomida yoshlarning fikr-mulohaza va takliflari ham tinglandi.