info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tumanimizga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i keldi

Tumanimizga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i keldi
timeicon 08-07-2024

Bugun tumanimizga Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i kelib, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi. 

Xususan, markaziy ko‘chalar va mahallalarda tozalikni saqlash, hududlarni obod qilish, sanitariya-gigiyenik holat bo‘yicha kuzatilayotgan kamchiliklarning oldini olish masalasida mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi. 

Shuningdek, “Dolzarb 30 kun” tadbiri doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ham saf yig‘ini o‘tkazilib, yong‘in xavfsizligiga rioya etish, yong‘in va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri hatti-harakatlarni amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech