Tumanimizga Xitoyning “IP OOO TSC HK Investment” korxonasi rahbarlari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman hokimining oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi hamda Yangihayot industrial texnopark direksiya rahbari birgalikda mehmonlarni tumandagi yangi barpo etilayotgan 210 Ga maydonga ega boʻlgan “Ishlab chiqarish sanoat zonasi” hamda “INDUSTRIAL EXPORT CENTER” Oʻzbekistondagi eng yirik tijorat majmuasi savdo majmuasi bilan tanishtirdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar yangi loyihalarga qiziqish bildirib, tumanimizga investitsiya kiritish hamda yangi ish oʻrinlari yaratish maqsadida ekanliklarini taʼkidlab oʻtishdi.Shuningdek, tadbirkorlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.