Jo‘rayev Jo‘rabek — 16 yoshda. Tumanimizning “Yangi Choshtepa” mahallasida istiqomat qiladi. U besh yildan buyon musiqaning fortepiano yo‘nalishi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Jo‘rabek shu vaqtga qadar “Soul”, “Yangi yil yulduzlari”, “Конкурс талантов”, “Open Asia”, “Kuz fantaziyasi” hamda “Sokol Art” kabi 20 ga yaqin xalqaro tanlov va festivallarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
Yosh iste’dod sohibi fortepiano bo‘yicha xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, mashhur pianinochi bo‘lishni orzu qiladi.