Tumanimizdagi 65-oilaviy poliklinikada bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Bundan maqsad ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar, mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilarning bandligiga ko‘maklashish, ehtiyojmand aholini mehnat faoliyatiga jalb qilishdan iborat. Unda 20ga yaqin ish beruvchi korxonalar va 100 nafardan ortiq aholi vakillari ishtirok etdilar.
Yarmarka davomida 70 nafardan ortiq fuqarolar korxonalar bilan shartnoma imzolab, o'zlariga ma'qul kelgan joyga ishga joylashdi.