Tumanimizda «O'qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi» o'tkazilmoqda.
Bundan ko'zlangan maqsad — 2023-2024 o'quv yili boshlanishidan oldin tumanimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalari hamda maktab o'qituvchilarining sog'ligini muhofaza qilish.
Mazkur tadbir tumanimizning barcha davolash-profilaktika muassasalarida, xususan, 66-oilaviy poliklinikada murabbiylarning chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rigi o'tkazilmoqda.
Ko'rikda o'qituvchilar tor doiradagi mutaxassislar ko'rigidan o'tkazilib, ularga kerakli maslahat va tavsiyalar, zaruriyatga qarab dori vositalari berilmoqda.