Tumanimizda “Mikroloyihalar yarmarkasi” tashkil etildi
Kuni kecha aholi bandligini ta’minlash maqsadida "Mikroloyihalar yarmarkasi" bo‘lib o‘tdi. Unda 10 dan ortiq tijorat banklari hamda 60 ortiq mikroloyiha qilish istagida bo‘lgan fuqarolar qatnashdi.
Mazkur mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 40 nafar shaxslarning takliflari ijobiy yechim topib, ularga bank tomonidan imtiyozli kreditlar olishiga koʻmaklashiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, 14 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal etilib, 6 nafar fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.
Ma’lumot uchun, bunday “Mikroloyihalar yarmarkasi”ni o‘tkazish ortidan har bir mahallada 10 tadan mikroloyihalarni shakllantirish hamda ularni tegishli muddatlarda to‘liq ishga tushirish ko‘zda tutilgan.