Tumanimizda kommunal sohani yaxshilash uchun bir qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, markaziy poliklinika va 1-sonli tug'ruq kompleksida 2 km uzunlikdagi kabel yuqori kuchlanishli yangisiga almashtirildi. Shuningdek, "Yangi Darxon" mahallasida 2 dona yangi 400/10 kVa GKTP turidagi transformator punkti o'rnatilib, uzunligi 10.9 km bo'lgan, zamonaviy SIP turidagi kabel tarmoqlari tortildi.
Tumanda elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari davom etadi.