Bilasizmi? Biz 1 daqiqada 5-6 litrgacha kislorod yutamiz va karbonad angidrid chiqaramiz. 24 soat yaʼni bir kunda bu raqamlar 7200dan 8600 litrgacha yetadi.
Bir kishiga yetadigan kislorod miqdori 22 ta daraxt hisobiga toʻgʻri kelar ekan. Shu sabab ham tumanimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar bir kun ham toʻxtagani yoʻq.
Bugun loyiha doirasida tumanimizning Mirzo Tursunzoda koʻchasiga 90 tup eman koʻchati va Sofdil koʻchasiga 100 tup hind sireni koʻchatlari ekildi.
Yaxshi niyatlar bilan ekilgan bu nihollar kelgusida tumanimizning chiroyiga chiroy qoʻshishi, shubhasiz.