Xabaringiz bor, tumanimizda “Yangihayot kitobsevarlar klubi” oʻz faoliyatini boshlagan edi.
Kitobsevarlar klubining ikkinchi mashgʻulotida Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybekning “Navoiy” romani muhokama qilindi. Mashgʻulotga navoiyshunos olim, filologiya fanlari nomzodi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi ilmiy xodimi Yusufjon Tursunov taklif etildi va oʻquvchilarning savollarga batafsil javob berdi.
Mashgʻulot soʻngida olim tomonidan tarjima qilingan “Muhokamat ul-lugʻatayn” asari klub aʼzolariga tarqatildi.