Soliha Abdusamadova — 10 yoshda. Tumanimizning “Yangi Umid” mahallasida istiqomat qiladi. U ikki yildan buyon musiqaning fortepiano yo‘nalishi bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.
Soliha yaqinda bo‘lib o‘tgan II Xalqaro "Spring Sound" bolalar va o‘smirlar ijodi tanlovining fortepiano yo‘nalishida o‘z yosh toifasi bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi. SHuningdek, u 2024-yilda o‘tkazilgan Xalqaro “Musiqa Navolari” tanlovi hamda boshqa ko‘plab nufuzli musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Yosh iste’dod sohibi fortepiano bo‘yicha xalqaro tanlovlarda ishtirok etib, Gran-pri mukofotlarini yutishni orzu qiladi. Bundan tashqari, u dizaynerlik sohasiga ham qiziqadi.