info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tumanimiz yoshlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Tumanimiz yoshlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi
timeicon 11-05-2024

Tumanimiz yoshlari xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 7-8-may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Sharjah shahrida "Mental arifmetika" bo‘yicha xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro musobaqada 20 ta davlatdan kelgan 2000 nafar ishtirokchilar safida tumanimizning 122-maktabgacha ta’lim tashkilotining jajji o‘g‘il-qizlari o‘z aqliy salohiyatini namoyon etishdi. Olimpiadaning ikkinchi bosqichi yakunlariga ko‘ra o‘zbekistonlik yoshlar mutlaqo g‘olib deb topildi.

Quvonarlisi, hozirda yosh chempionlarimiz Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tuvchi navbatdagi musobaqalarga alohida tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Fursatdan foydalanib, 122-MTTni erishgan yutug‘i va xalqaro musobaqada Vatanimiz sharafini yuksak pog‘onaga olib chiqqani bilan muborakbod etamiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech