“Binokor” mahallasida “Mahalla tabrigi” loyihasini doirasida mahallada istiqomat qiluvchi, dekabr oyida oʻz tavallud ayyomini nishonlayotgan 15 nafar nuroniy keksalar, faol fuqarolar va yoshlarga tugʻulgan kunlari munosabati bilab sovgʻa va gullar ulashildi.
Mahalladagi tibbiyot xodimlari ham eʼtibordan chetda qolmadi. Yangi yil munosabati bilan tuman Markaziy poliklinikasining “Binokor” filialida xizmat koʻrsatayotgan 20 nafar tibbiyot xodimlari mehnati munosib baholanib, ularga sovgʻalar topshirildi.
Bundan tashqari mahalla hududida korxonalar xodimlari ham munosib ragʻbatlantirildi.