info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Тuman sektor rahbarlari tumandagi bir nechta ijtimoiy soha obyektlarining bugungi holati bo'yicha o'rganish ishlarini olib borishdi

timeicon 09-02-2023

Bugun Toshkent shahar prokurori boshchiligida tuman sektor rahbarlari tumandagi bir nechta ijtimoiy soha obyektlarining bugungi holati bo'yicha o'rganish ishlarini olib borishdi.

Dastlab, "Yangi Darxon" mahallasidagi 16 qavatli uylarning holati o'rganildi. Qurilishning kommunal tizimi, aholi uchun yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirildi.

Shundan so'ng, 122-DMTTga borildi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining sanitar-gigiyenik holati, issiqlik tizimi o'rganilib, mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tashrifning navbatdagi manzili 12-avtopark bo'ldi. Mas'ullar bilan birga avtobuslar qatnovi bo'yicha amalga oshirilishi kerak bo'lgan masalalar, avtoparkdagi mavjud sharoitlar muhokama qilinib, rejalar tuzildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech