Tuman hokimligida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining topshirig’iga asosan, Toshkent shahri Yangihayot tumaniga biriktirilgan vazirlik va idoralar ishtirokida tumanni har tomonlama rivojlantirishga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda bugungi kunda sektorlardagi ishchi guruhlar tomonidan tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bilan muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash, sohaga tegishli masalalarni joyida hal etish, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazib, aniq manzilli ro‘yxatlar shakllantirish bo’yicha vazifa va topshiriqlar berildi.