Tuman hokimligida idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi o'tkazildi
Unda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot hamda kommunal soha rahbarlari, mahallada faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniya mas’ullari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda ishchi guruhi tomonidan tumanda obodonlashtirish, kommunal xo‘jalik, sanitariya-epidemiologiya, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalari faoliyatini jadallashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish va shu kabi qator masalalar bo'yicha aniq vazifalar belgilab berildi.