Tuman hokimligida Xalq deputatlari Yangihayot tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2022–2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarning ijrosi, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar, yoshlarga oid davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishini reyting baholash tartibi to‘g‘risida mas'ullarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, “Temir daftar”ni yuritish orqali moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, issiqlik ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish hamda mahalliy budjetning 2023-yil qoʻshimcha manbalari mablagʻlarini xarajatlarga yoʻnaltirish haqida so‘z yuritildi. Yangihayot tumani hududida muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka komissiyasi aʼzoligiga nomzodlarni tavsiya etish masalasi muhokama qilindi.