Tuman hokimligida 30 ta mahalla hotin-qizlar faollari uchun oʼquv-seminari tashkil etildi.
Unda maʼruzachilar tomonidan turar-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash tartibi, “Аyollar daftari” bilan ishlash, xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish hamda ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash, oilada huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yuksaltirish, nizoli oila vakillari bilan individual ishlash kabi mavzular oʼrtaga tashlandi.
Seminar soʼnggida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.