info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tuman hokimining o‘rinbosari ijtimoiy obyektlarda o‘rganish olib bordi

timeicon 09-07-2025

Bugun tuman hokimining o‘rinbosari bir qator umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, 2025/2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarni o‘rgandi.

Dastlab, mas’ul rahbarlar 333- va 292-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari, sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, keltirilgan jihozlarning sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, 581- va 584-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.

Shuningdek, joylardagi o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech