Yangihayot tuman hokimligida tuman hokimining uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda kommunal soha rahbarlari va boshqaruv servis kompaniyalari boshliqlari ishtirok etdi. Yangihayot tumanida qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda havo haroratining keskin tushib ketishi natijasida yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, kommunal sohada korrupsiya holatlarining oldini olish, ish jarayonida belgilangan xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etish, aholi tomonidan yo‘llangan murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo'yicha topshiriq berildi.