Yangihayot tumani hokimiyatida tuman hokimining mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Unda tuman hokimi ijtimoy himoyaga muhtoj fuqarolarni "Аyollar daftari", "Temir daftar" va "Yoshlar daftari"ga kiritish va shu boʼyicha ishlarni jadallashtirishga doir oʼz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, yigʼilishda har bir xodim fuqarolar bilan ishlashda oʼz vazifasini astoydil bajarishi kerakligi, ish jarayonida korruptsion holatlarga yoʼl qoʼyilmasligi qatʼiy taʼkidlandi.