Bugun tuman hokimining birinchi oʼrinbosari tomonidan tumanimizdagi hokim yordamchilari koʼmagida amalga oshirilgan loyihalar koʼzdan kechirildi.
Unga koʼra, “Gulshanobod” MFY hokim yordamchisi tashabbusi bilan amalga oshirilgan loyiha – nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi. Hozirda hokim yordamchisi koʼmagida mazkur NMTTga imtiyozli kredit ajratish jarayoni ketmoqda.
Yana shunday NMTT “Yangi Choshtepa” mahallasida ham oʼz faoliyatini boshlagan boʼlib, bu yerda bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, oʼyingoh, yotoqxona, oshxona koʼzdan kechirildi.
“DAVO PROFI” tibbiyot markaziga ham “Yangi Turmush” MFY hokim yordamchisi koʼmagida oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 225 mln. soʼmlik imtiyozli kredit taqdim qilingan. Tuman hokimining birinchi oʼrinbosari va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari bilan birga mazkur tibbiyot markazida yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiyot uskunalari, yangi binoning qurilish jarayoni oʼrganildi.