Tuman hokimi Jizzaxda
Bugun tuman hokimi va tumanimiz tadbirkorlari Jizzaxning G’allaorol tumanida bo’lib, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o’zaro tajriba almashmoqdalar.
Tashrif davomida dastlab investitsion loyihalar bo’yicha taqdimot bo’lib o’tdi. Unda G’allaorol tumanining investitsion salohiyati, yangi loyihalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Yangihayotlik tadbirkorlarning savollari va takliflariga javob berildi.
Shundan so’ng, G’allaorol tumanidagi investitsiya kiritish mumkin bo’lgan obyektlarga borildi.
Huddi shunday tashriflardan biri, Yangihayot tumani hokimi o’rinbosari tomonidan Jizzax viloyatining Mirzacho’l tumanida bo’lib o’tmoqda.
O’zaro tajriba almashish, tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, investitsion salohiyatni hamda bo’sh ish o’rinlarini yanada oshirishga qaratilgan tashrif tafsilotlarini tanishtirib boramiz.