Tuman hokimi va sektor rahbarlarining navbatdagi tashrifi "Gulshanobod" va "Chortoq" mahallalariga boʼldi.
Dastavval, "Gulshanobod" mahallasida qad rostlayotgan maktabgacha taʼlim tashkilotining qurilish jarayonlari bilan tanishildi va binoning ichki tomonini taʼmirlash, qurilishni yakunlash kabi masalalar muhokama etildi.
Shu bilan birga, masʼullar "Chortoq" mahallasidagi yangitdan qurilayotgan 333-umumtaʼlim maktabiga ham borib, qurilishning sifatini koʼzdan kechirishdi.