Tuman hokimi oʻrinbosari ishtirokida tadbirkorlar uchun qabul tashkil etildi.
Unda 20 ga yaqin tadbirkorlar ishtirok etib, turli tadbirkorlik masalalari boʻyicha murojaat qilishdi. Xususan, tadbirkorlardan biri bolalar uchun stadion qurish masalasida, yana biri yoʻlni taʼmirlash masalasida, shuningdek, kommunal soha, soliq va shu kabi boshqa yoʻnalishlar boʻyicha murojaat qildi.
Tuman hokimi oʻrinbosari tadbirkorlar uchun tumanimizda amalga oshirish mumkin boʻlgan istiqbolli loyihalar haqida soʻzladi. Shuningdek, bugungi kunda ular uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlarga toʻxtalib, tumanning investitsion va iqtisodiy koʻrsatgichini oshirishda ularning oʻrni alohida ekanligini taʼkidladi.