Yangihayot tumani hokimligida Toshkent shahar hokimi maslahatchisi, tuman hokimi o'rinbosari hamda mutasaddi vakillar ishtirokida mamlakatimizda davlat tilining nufuzini yanada oshirish va ijrosi yuzasidan seminar yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda tuman hokimi o'rinbosari Yangihayot tumani haqidagi muhim ma'lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, tuman hokimining davlat tili bo'yicha maslahatchisi o'tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha axborot berdi.