Kuni kecha tuman hokimi "Toshkent" mahallasida qurilayotgan ko'p qavatli uylar va "Yorqinhayot" mahallasida qad rostlayotgan suzish havzasi va mehmonxonaning qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Quruvchilar bilan suxbatda tuman hokimi qurilish normalari, sifati va muddatiga jiddiy e'tibor qaratish, aholi uchun qulayliklar yaratish bo'yicha suxbatlashdi, ishlarni jadallashtirish bo'yicha ularga tegishli ko'rsatmalar berdi.