info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tuman hokimi tomonidan yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi

Tuman hokimi tomonidan yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi
timeicon 24-01-2025

Tuman hokimi tomonidan yoshlar yetakchilarining faoliyati sarhisob qilindi

Gap shundaki, kuni kecha tuman hokimi, sektor rahbarlari va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda 2024-yil davomida yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, ularning joriy yildagi asosiy vazifalari belgilab berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida kam ta’minlangan oilalar farzandlarini kasb-hunarga jalb etish, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim muassasalariga yo‘naltirish va ularning bandligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida tuman hokimi yoshlarni xatlovdan o‘tkazish jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidlab, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va har bir mahallada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech