Kuni kecha tuman hokimi “Tashabbus” mahallasidagi probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan uchrashdi.
Tuman hokimi har bir yosh bilan birma-bir suxbatlashib, mavjud muammolari va sharoitlarini oʻrgandi.
Eslatib o'tamiz, bunday uchrashuvlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yili 11-aprelda bo’lib o’tgan “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib tashkil etilmoqda.