Tuman hokimi "Oriyat" mahallasida
Avvalroq, tuman hokimi boshchiligida "Oriyat" mahallasida boshqaruv servis kompaniyalari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi hamda mahalla "yettiligi" ishtirokida navbatdagi saf yig'ini o'tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Saf yig'inidan so'ng, tuman hokimi ushbu mahalla hududida amalga oshirilayotgan ododonlashtirish, tozlash hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tashrif davomida hokim o'rinbosari, mahalla raisi va mas'ullarga mahalla obodligi yo'lida qilinayotgan ishlarni yanada yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha tavsiya va topshiriqlar berildi.