info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tuman hokimi hokim yordamchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

timeicon 01-05-2024

Tuman hokimi oilaviy tadbirkorlik uchun ajratilgan kreditlarni undirish masalasi va tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bo‘yicha hokim yordamchilari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda "Sayxunobod tajribasi" asosida tumanda tomorqa uy xo‘jaliklaridagi imkoniyatlarni to‘liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish hamda oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 2022-2024-yillarda ajratilgan kreditlarning muammoga aylangan qismini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, muammoli kreditlar bo‘yicha MIB xodimlari bilan ishlar tashkil etish va qarzdorliklarni so‘ndirish choralarini tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech