Tuman hokimi turistik hududga aylantirilishi mo’ljallanayotgan Mehrigiyo ko’chasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
24/7 rejimida ishlashi rejalashtirilgan ushbu ko’chada sayilgoh, amfiteatr, ko’ngilochar va xizmat ko’rsatish maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.
Tuman hokimi amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirar ekan, qurilish sifatiga e’tibor qaratish kerakligini aytib, loyiha bo’yicha o’z taklif-mulohazalarini bildirdi.