info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tuman hokimi korxonalar faoliyati bilan tanishmoqda

timeicon 27-05-2025

Bugun tuman hokimi "Fayzli" mahallasida joylashgan Janubiy sanoat hududida faoliyat yuritayotgan korxonalarda o‘rganish ishlari olib bordi.

O‘rganishlar davomida avtomobillar uchun filtrlar, plastmassa buyumlar, sanoat va qurilish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish quvvati hamda ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tuman hokimi korxona rahbarlari bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Muloqotlar davomida esa mahsulot sifatiga e’tibor qaratish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech