Bugun tuman hokimi Xushnud mahallasi hududida qad rostlayotgan ko‘p qavatli uylarning qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganishlar davomida tuman hokimi mutasaddi quruvchilar bilan suhbatlashib, aholiga xonadonlarni sifatli va belgilangan muddatda topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
SHuningdek, hududda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi bunyodkorlik loyihalari bilan tanishildi.