Bugun 329-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimi maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tuman hokimi yoshlarga hayotiy tajribalari asosida qimmatli maslahatlar berib, bo‘sh vaqtni kasb-hunar egallash, bilim olish va shaxsiy rivojlanishga yo‘naltirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, muloqotlar davomida xorijiy tillarni chuqur o‘rganish, sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda yoshlar orasida tarqalayotgan zararli illatlardan ogoh bo‘lish lozimligi aytib o‘tildi.
Tadbir yakunida esa tuman hokimi maktab qaldirg‘ochlaring kelgusi o‘qish va ishlariga zafarlar tiladi.