Bugun tuman hokimi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan hududlarni ko'zdan kechirdi.
Xususan, "Yangi darxon" mahallasi Kichik xalqa yo'li ko'chasi bo'ylab ekilishi kerak bo'lgan hududga borib, u yerni ko'chat ekish holatiga zudlik bilan tayyorlash bo'yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, bugun O'rmon xo'jaligi agentligi va Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan tumanimizga 4000 ta pavloniya, terak, katalpa kabi manzarali ko'chatlar olib kelindi. Tuman hokimligi vazirlikdan kelgan mas'ul bilan suxbatlashib, ko'chatlarni ekish, ularni parvarishlash bo'yicha fikr almashdi.