Tuman hokimi hamda sektor rahbari tumanimizda joylashgan umumta'lim maktablari hamda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lib, ularning faoliyati, o’quvchilar hamda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Xususan, muassasalarda favqulodda holatlar yuz berganda o'quvchi hamda tarbiyalanuvchilar xavfsizligi ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha fikr almashilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, o'quvchi hamda tarbiyalanuvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli va foydali tashkil etish bo'yicha ham takliflar berildi.