Tumanimizdagi 66-oilaviy poliklinikada tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi va "Isroil inson reproduksiyasi va oila salomatligi markazi" hamkorligida oilaviy ajrimlarning oldini olish bo'yicha tadbir tashkil etildi.
Unda ayol reproduksiyasi, oila salomatligi hamda bepushtlik va reproduksiya bilan bog'liq muammolarning yechimlari yuzasidan malakali mutaxassislarning fikrlari tinglandi.
Shuningdek, oilalar o'rtasida reproduktiv salomatlikni barqarorlashtirish va farzandsizlik sababli ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan bog'liq muammolar ham tadbirning asosiy mavzusiga aylandi.