Bugun 66-sonli oilaviy poliklinikada Yangihayot tumani fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish boʻyicha tuman komissiyasining yig’ilishi o’tkazildi.
Unda mutasaddi tashkilotlarning hamkorligini taʼminlash va tashkilot rahbarlarning shaxsiy masʼulligini oshirish bo’yicha mas’ullar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.