Kuni kecha tuman hokimligida tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo'limi boshlig'i boshchiligida tadbirkorlar ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Yig'ilish Prezidentimizning 20-avgust kuni "Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot" tadbiri o'tkazilishi munosabati bilan tashkil etildi.
Unda tadbirkorlarga ochiq muloqotning mazmun-mohiyati, savol yo'llash tartibi tushuntirilib, takliflari muhokama etildi.