Kuni kecha tumanimizdagi "Do'stlik" MFYda Toshkent shahar prokurorining mahallabay uchrashuvlar rejasiga asosan mazkur mahalla fuqarolari bilan sayyor qabul o'tkazildi.
Uchrashuvda Toshkent shahar prokurori o'rinbosari, tuman prokurori va mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar. Unda 15 nafar fuqarolarning muammolari o'rganilib, murojaatlarni hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.
Murojaatlarni hal etish ijrosi bo'yicha Toshkent shahar prokurori o'rinbosari nazorat olib borishi ta'kidlandi.