Bugungi kunda shahrimiz bo‘ylab mahallalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda, kuni kecha Toshkent shahar hokimligi apparat rahbari Yangihayot tumanida bo‘lib, “Do‘stlik” va “Marhamat” mahallalarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
Har ikki mahallada ham “mahalla yettiligi” va boshqaruv servis kompaniyasi bilan muloqot olib borilib, ularga ishlarni tizimli tashkil etish, aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlar tozaligini saqlash, bunda mahalla ahlining ham faolligini oshirish va shu kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi