Bugun tuman hokimligida Toshkent shahar IIBB rahbariyati, tuman hokimi, sektor rahbarlari va mutasaddilar ishtirokida saf yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda tumanda kriminogen vaziyatning barqarorligini ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt aniqlash borasida o'tkazib kelinayotgan tezkor-profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish kerakligi haqida so'z yuritildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklarni o'z vaqtida bartaraf etish, tegishli choralar ko'rish bo'yicha mas'ullarga vazifalar belgilab berildi.