info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i Yangihayot tumanida bo'ldi

timeicon 27-09-2023

Bugun Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig'i Yangihayot tumanida bo'ldi.

Tashrif davomida dastlab "Yangi Umid" mahallasida aholiga qulaylik yaratish maqsadida qurilayotgan sayilgohning loyihasi va loyiha asosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari bilan hududda tashkil etilishi rejalashtirilgan ishlar ko'zdan kechirilgach, Xushnud mahallasiga borildi. Mazkur mahallada bugungi kunda "Obod mahalla", "Obod ko'cha", "Obod xonadon" dasturi asosida ishlar tashkil etilgan bo'lib, rahbarlar mahallada tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishishdi. Har bir mas'ulga ishlarni rejali tashkil etish, aholiga qulaylik yaratish maqsadida har bir xonadonni o'rganish, fuqarolar bilan suxbatlashib, ularning muammolarini hal etish zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, rahbarlar mahallada yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ishlarni jadallashtirish, mahalladagi kommunal va qurilish sohalariga oid masalalarni o'rganib, aholining ehtiyojlarini tizimli ravishda bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech