Kuni kecha Toshkent politexnika texnikumida tuman hokimining birinchi oʼrinbosari va tadbirkorlar ishtirokida sayyor uchrashuv tashkil etildi. Bundan maqsad Yangihayot tumanida tadbirkorlikni rivojlantirishda yuzaga kelayotgan muammolarni oʼrganish va hal etishdan iborat.
Yigʼilishda Toshkent shahar boshqarmalarining masʼullari tadbirkorlik subektlariga yaqindan yordam berib, ish oʼrinlari yaratilishi va muammolarni ijobiy hal qilishda yordam berishlari boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berdilar.
Shuningdek, yigʼilishda ishtirok etayotgan «Ravshan Yodik Production» MChJdagi ayrim muammo va kamchiliklar koʼrib chiqildi.