Tumanimizdagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida o’zbek tili bayrami kuniga bag’ishlangan “Til – millat ko’zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi Ekspertlar komissiyasi a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuxamedova, Xalq deputatlari Yangihayot tumani kengashi deputati, Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Yangihayot tumani bo‘limi mas’ullari va faollar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ona tilimizning o‘ziga xosligi, bugungi kunda davlat tilining nufuzi va maqomini oshirish borasidagi islohotlarga to‘xtalib, har bir vatan farzandi o‘z ona tilini sevishi, uning qadr-qimmatini joyiga qo‘yishda faol ishtirok etishi zarurligini, davlat idoralarida davlat tilini rivojlantirish, davlat tilida ish yuritishni tashkil qilish ishlarining izchil davom ettirilayotganligini alohida ta’kidladilar.