Mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi hamkorligida Yoʻldosh mahallasida istiqomat qiluvchi ayol-qizlarni 8-mart “Xalqaro Xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan taqdirlash tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar ulashilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Ushbu mahallada yashovchi “Yoshlar daftari”da turgan Ozoda Shoymurodova uchun bugun ikki karra bayram. U yaqinda tikuvchilik yoʻnalishida qisqa muddatli kursni tamomladi. Mahalladagi hokim yordamchisi tashabbusi bilan fuqaroga subsidiya mablagʻlari hisobidan tikuv uskunasi olib berish uchun tavsiyanoma berildi. Ozoda Shoymurodova yaqin orada oʻzi va oʻzi qatori yoshlarni band qilishni niyat qilgan.