Bugun "Tashkent Index" savdo majmuasida tuman hokimining mutasaddi rahbarlar va xodimlar bilan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda hokimlik, prokuratura, ichki ishlar bo'limi, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar bo'limi xodimlari ishtirok etdi.
Yig'ilish mavzusi "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalardagi xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilashga qaratildi.
Hokim tuman aholisi va mehmonlari osoyishtaligini uzluksiz ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish va profilaktik tadbirlarni mahallabay o'tkazish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berdi.