"Tashabbus" mahallasi fuqarolari bilan sayyor qabul o'tkazildi
Kuni kecha tuman hokimi "Tashabbus" mahalla fuqarolari yig'inida istiqomat qiluvchi 10 nafar fuqaroning muammolarini joyiga chiqib o'rgandi.
Sayyor qabul davomida tadbirkorlik uchun joy ajratish, kantrakt to'lovini qoplab berish, sug'orish tizimini ulash, BSK hamda tibbiy masalalarda amaliy va moddiy yordam so'rab kelgan mahalla ahlining murojaatlari tinglandi.
Aksariyat muammolar yechim topgan bo'lsa-da, vaqt va o'rganish talab qiluvchi masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.